14:59 / 16.12.2025
4 013

"Oq toychoq"ni yo‘qotmaslik uchun to‘langan qarz

Quvada majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor R. O.dan jami 55 515,9 so‘m (52 872,3 so‘m asosiy qarz va 2 643,6 so‘m ijro yig‘imi) undirish maqsadida uning nomidagi «Damas» rusumli, davlat raqami 40 S 20 FA bo‘lgan avtomashina auksion savdosiga chiqarilgan edi.

Biroq, “oq toychoq” qo‘ldan ketishi haqidagi xabar qarzdorni befarq qoldirmadi. Mashina sotilayotganini eshitgan qarzdor hech qanday kechiktirishlarsiz, 15.12.2025 yil kuni Byuroning Quva tuman bo‘limiga yugurib kelib, qarzdorlikni to‘liq to‘ladi.

Axir, xalqimizda bejiz aytilmagan: «Mol achchig‘i — jon achchig‘i».

Shu achchiq his qarzdorni bir zumda harakatga keltirib, qarzini ham “ship-shiydam” to‘lashga sabab bo‘ldi.

Natijada, “oq toychoq” egasi qo‘lida qoldi, qarzdorlik bartaraf etildi va ijro harakatlari qonuniy tarzda yakunlandi.


Majburiy ijro, Quva tumani, Oq toychoq, Qarzdorlik to‘lovi, Auksion savdosi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing