11:30 / 16.12.2025
3 544

O'zbekiston elchisi Vatikanga ishonch yorliqlarini topshirdi


15 dekabr, dushanba kuni O'zbekistonning Vatikandagi elchisi Farrux Tursunov Rim papasi Lev XIVga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.

Farrux Tursunov ayni paytda Ispaniya va Andorradagi elchixonalarni ham boshqaradi. U 1990-yillardan boshlab Tashqi ishlar vazirligida turli lavozimlarda faoliyat yuritib kelgan – attashe lavozimidan tortib departament direktorigacha.

Shu bilan birga, u Qozog'istondagi (2008–2012-yillar) hamda Yaponiyadagi (2012–2017-yillar) diplomatik missiyalarga rahbarlik qilgan. Katolik cherkovi rahbari bilan uchrashuvda diplomat O'zbekistondagi islohotlar haqida axborot berdi.

U prezident Shavkat Mirziyoyev nomidan Rim papasiga salom va ezgu tilaklar yetkazdi. Lev XIV O'zbekiston prezidenti va xalqiga chuqur hurmatini bildirar ekan, Vatikan va O'zbekiston o'rtasidagi 33 yillik diplomatik aloqalar mustahkam hamkorlik asosini yaratganini ta'kidladi.

Eslatib o'tamiz, Toshkent va Vatikan o'rtasida diplomatik munosabatlar 1992 yilning 17 oktabrida o'rnatilgan.


Farrux Tursunov, O'zbekiston Respublikasi, Rim papasi, Diplomatik aloqalar, Katolik cherkovi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing