
Toshkentning Shayxontohur tumanida ijaraga berilgan uyda noxush holat yuz berdi. Ijarachi ayolning aytishicha, uy egasi hisoblagichni ko‘rish bahonasida kelib, unga nisbatan nomaqbul qo‘pol takliflar qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, uyda yolg‘iz bo‘lgan 22 yoshli ayol uy egasining xulqidan xavotirga tushib baqirgan, o‘zini himoya qilish uchun pichoq ham olgan. Hoshiyadagi qo‘shnilar ovozni eshitib, darhol yordamga kirib kelishgan.
Sudda erkak uyga hisoblagichni tekshirish uchun kirganini tan olgan, lekin ayolga tegajog‘lik qilganini rad etgan. Shu bilan birga, yengil jazo so‘ragan.
Holat yuzasidan ish ko‘rib chiqilgan va sud uy egasini MJtKning 41-1-moddasi 1-qismi bo‘yicha aybdor deb topib, 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini belgilagan.
Shayxontohur Tumani, Ijaraga Uy, Noxush Holat, Ayol Himoyasi, Ma’muriy Qamoq
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda erkak voyaga yetmagan qizga tegajog'lik qildi
Qashqadaryoda sinfdoshiga shilqimlik qilgan erkakka 14 sutka jazo tayinlandi
“Novza” bekatidagi sharmandali qilmish bolaga 5 sutkaga tushdi
Yosh qizga tegajog’lik qilgan 62 yoshli erkak qamaldi UzNur.uz
Sirdaryoda shifokor bilan urushgan erkak 15 sutkaga qamaldi