Korxonadan 4 nafar fuqaro foydasiga pul mablag‘lari undirildi

Sud hujjati bo‘yicha “O‘.S.T.” aksiyadorlik jamiyatidan 4 nafar fuqaro foydasiga yetkazilgan zararni qoplash maqsadida jami 1 418 730 300 (bir milliard to‘rt yuz o‘n sakkiz million yetti yuz o‘ttiz ming uch yuz) so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari Majburiy ijro byurosining Yunusobod tuman bo‘limiga kelib tushgan.
Mazkur ijro hujjatlari asosida qonunchilik talablariga muvofiq ijro ishlari qo‘zg‘atilib, qarzdor tashkilotga qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda bartaraf etish uchun belgilangan muddat berilgan.
Belgilangan muddatda qarzdorlik to‘lanmaganligi sababli, qonunchilikda nazarda tutilgan majburiy ijro choralari qo‘llanilib, qarzdor tashkilotga tegishli hisob raqamlariga band solingan hamda avtotransport vositalariga nisbatan taqiq o‘rnatilgan.
Natijada, sud qarorlarida belgilangan pul mablag‘lari inkasso topshiriqnomalari asosida qarzdor tashkilotning hisob raqamlaridan undirilib, undiruvchi fuqarolar nomidagi bank plastik kartalariga o‘tkazib berilgan.
Sud hujjati, O.S.T. aksiyadorlik, Majburiy ijro, Yunusobod tuman, Qarzdor tashkilot