
Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi mobil aloqa narxlarining oshishi bo‘yicha o‘rganish ishlarini boshladi. Bu haqda qo‘mita o‘zining Telegram kanali orqali ma’lum qildi.
Hozirda operatorlarning xizmat sifatini yaxshilash va qamrovni kengaytirishga qaratilgan xarajatlari xizmat narxlariga qanday ta’sir qilayotgani tahlil qilinmoqda. Agar qo‘mita tomonidan raqobatga zid yoki kelishilgan harakatlar belgilari aniqlansa, tegishli tekshiruv o‘tkaziladi.
Qonunbuzarliklar tasdiqlansa, javobgar shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘riladi. Iqtisodchi Otabek Bakirovning fikricha, tariflar narxining oshishi mobil aloqa operatorlarining soliqlarni keskin kamaytirgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
"Bu, ehtimol, mobil aloqa kompaniyalari uchun aksiz solig‘i bekor qilinishi bilan bog‘liq. Ya’ni, ular soliqlarni kamroq to‘lab, ko‘proq daromad olish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda",— deya ta’kidladi ekspert.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fabio Kannavaro futboli haqida 5 mulohaza
Kelajakni o‘zgartiruvchi sun’iy idrok: uning insoniyatga foyda-ziyoni nimada?
“Hududiy elektr tarmoqlari” elektr energiyasi tariflari nima uchun oshirilayotganiga izoh berdi UzNur.uz
O‘zbekistonda yangi oydan nimalar o‘zgaradi?
Surxondaryoda 38,5 mlrd so‘mlik tenderda qonunbuzilishlar fosh etildi