15:04 / 18.11.2025
2 991
O‘zbekistonda yollanma jangchilarga oid 338 ish ochildi

2022-yil boshidan beri O‘zbekistonda yollanma jangchilik bo‘yicha 338 ta jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan tayyorlangan “Uzoqdan izlangan baxt” hujjatli filmida ma’lum qilindi.
Filmda har yili yuzlab o‘zbekistonliklarning terroristik tashkilotlarga qo‘shilishi yoki boshqa davlatlar armiyasida xizmat qilishi qayd etilgani ta’kidlangan. 2022-yilda yollanma jangchilik bo‘yicha 19 ta jinoyat ishi ochilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 139 taga yetgan.
Yollanma jangchilarning aksariyati aldov yo‘li bilan yoki jinoyat guruhlari tomonidan urushga yuborilgani qayd etilgan. Faqat ayrimlarigina buni daromad topish maqsadida qilgan.
O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, yollanma jangchilik uchun 10 yilgacha, yollov va o‘qitish uchun esa 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kelajakni o‘zgartiruvchi sun’iy idrok: uning insoniyatga foyda-ziyoni nimada?
Andijondan Suriyadagi terroristik tashkilotlarga pul jo‘natgan shaxs 10 yil 6 oyga qamaldi
Fabio Kannavaro futboli haqida 5 mulohaza
Davlat bayrog‘i — xalq tarixi va istiqboli ramzi
“Janob hech kim” aktyorlari 17 yilda qanday o‘zgardi? Ular bugun qayerda?