22:22 / 16.11.2025
2 173

Toshkent va Samarqand qurilish bumiga yetakchilik qilmoqda


O‘zbekiston Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-sentyabr oylarida mamlakat bo‘ylab 224,5 trillion so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 14,2 foizga o‘sgan.

Qurilish ishlari hajmi bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda, u yerda 64,1 trillion so‘mlik ishlar amalga oshirilgan. Ikkinchi o‘rinni Toshkent viloyati (25,2 trillion so‘m), uchinchi o‘rinni esa Samarqand viloyati (14,2 trillion so‘m) egallagan.

Shuningdek, Buxoro viloyatida 13,8 trillion so‘mlik va Farg‘ona viloyatida 13,7 trillion so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. Eng kam qurilish ishlari Sirdaryo viloyatida (4,4 trillion so‘m) va Jizzax viloyatida (5,9 trillion so‘m) qayd etilgan.

O‘zbekiston Statistika, Qurilish Ishlari, Toshkent Shahri, Samarqand Viloyati, Buxoro Viloyati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing