17:03 / 16.11.2025
2 009

Surxondaryoda milliardlik tenderda jiddiy qonunbuzilish fosh etildi

Surxondaryo viloyatida “Surxondaryo Qurilish Invest” tomonidan e’lon qilingan 38,5 mlrd so‘mlik tender atrofida jiddiy qonunbuzilishlar aniqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’lum qildi.

Tekshiruv jarayonida ma’lum bo‘lishicha, tanlovda ishtirok etgan “F.” MCHJni soliqdan qarzi bor degan asossiz va soxta ma’lumot orqali tenderdan chiqarib yuborishgan. Shu orqali kompaniyaning ishtirok etishi noqonuniy ravishda cheklangan.

Qizig‘i shundaki, qolgan ikki MCHJ birini – g‘olib, ikkinchisini – zaxira g‘olib sifatida belgilab qo‘yishgan.

Agentlik ushbu holatni qonunga zid deb topdi va tender rasman bekor qilindi.

Mavjud hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. Hozirda ular tomonidan voqeaga huquqiy baho berilmoqda.


Surxondaryo Viloyati, Qurilish Invest, Korrupsiyaga Qarshi, Tender Bekor, Huquqiy Baho
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing