15:34 / 16.11.2025
3 544
Ozarbayjon Markaziy Osiyo formati ishtirokchisiga aylandi

Ozarbayjon Markaziy Osiyo yetakchilari maslahatlashuv formati to‘laqonli ishtirokchisiga aylandi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari yettinchi Maslahatlashuv uchrashuvida Ozarbayjonning ushbu formatga to‘laqonli ishtirokchi sifatida qo‘shilishi haqidagi qarorni ma’qullashdi.
Uchrashuv yakunida yetakchilar Qo‘shma bayonotni imzolab, bir qator muhim hujjatlarni tasdiqlashdi. Xususan, ular Qirg‘izistonning 2027–2028 yillarda BMT Xavfsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan a’zosi bo‘lish nomzodini qo‘llab-quvvatlashdi.
Shuningdek, davlatlar 2026–2028 yillar davrida mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik konsepsiyasini, asosiy xavf-xatarlar katalogini hamda ularning oldini olish choralari bo‘yicha hujjatlarni kelishib olishdi.
Markaziy Osiyo, Maslahatlashuv Uchrashuvi, Qo‘shma Bayonot, Mintaqaviy Xavfsizlik, Ozarbayjon Ishtiroki
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Markaziy Osiyo yangi tarixiy yuksalish ostonasida turibdi
Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasida nutq soʻzladi
Xitoy Pokiston-Afg‘oniston munosabatlarini diplomatik sinovlar fonida kuzatmoqda
Markaziy Osiyo: o‘zaro savdo maqsadi – $20 mlrd
Markaziy Osiyo savdoni $20 mlrdga yetkazmoqchi