19:29 / 16.11.2025
1 777

Efiopiyada qo‘rqinchli virus tez yoyila boshladi

Efiopiyaning Janubiy Sudan bilan chegaradosh hududida vaziyat jiddiylashdi — mamlakatda Marburg virusining ilk holati tasdiqlandi. Mutasaddilar ma’lumotiga ko‘ra, ushbu xavfli yuqumdan to‘qqiz kishi, jumladan bir nechta tibbiyot xodimlari zararlangani aniqlangan.

Shunday holatdan so‘ng hukumat favqulodda sanitariya choralarini kuchaytirdi. Chegara postlarida qo‘shimcha nazorat o‘rnatildi, karantin qoidalari yanada qat’iylashtirildi. Maxsus test tizimlari ishga tushirilib, kasallikni erta aniqlash jarayoni tezlashtirildi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ham vaziyatga tezkor javob qaytardi. JSST Efiopiyaga 300 ming dollarlik yordam va zarur tibbiy jihozlarni yo‘lladi. Mutaxassislar virusning Dara, Tanzaniya va Ugandada kuzatilgan oldingi epidemiyalarga o‘xshash ekanini ta’kidlamoqda.

Ayni paytda olimlar Marburgga qarshi samarali vaksina yaratish ishlarini davom ettirmoqda. Mahalliy aholiga esa xavfdan himoyalanish uchun ehtiyot choralariga qat’iy rioya qilish tavsiya qilinmoqda.


Efiopiya Hududi, Marburg Virusi, Favqulodda Choralar, J S S T Yordami, Vaksina Ishlanmasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing