20:28 / 17.11.2025
2 903

O'zbekiston iqtisodiyoti 2025-yilda barqaror o'sdi


O'zbekiston iqtisodiyoti va moliyaviy tizimi 2025-yilning birinchi yarmida barqarorlik va ijobiy natijalarni ko'rsatdi. Markaziy bankning ma'lumotlariga ko'ra, iqtisodiyotning o'sish sur'ati 7,2 foizni tashkil etdi, inflyatsiya darajasi esa 8,7 foizni tashkil qildi.

Bank sektori mustahkamlandi: muammoli kreditlar darajasi pastligicha qoldi, kapital va likvidlik talab qilingan darajadan yuqori bo'ldi. Aktivlar rentabelligi 2 foizga, kapital rentabelligi esa taxminan 11 foizga yetdi.

Ko'chmas mulk bozorida narxlar barqarorlashdi, spekulyativ talab kamaydi, va uy-joy aholiga yanada arzonlashdi. Xonadonlarning qarz yuki qisqardi va xavfsiz darajada qoldi, ipoteka kreditlari o'sishda davom etmoqda, ammo qarzdorlar to'lovlarni o'z vaqtida amalga oshirmoqda.

Ilk bor banklarning stress-testlari va kreditlar bo'yicha defolt ehtimolini tahlil qilish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, kapitalni mustahkamlash va moliyaviy tizimni xavflardan himoya qilish bo'yicha yangi choralar joriy etildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing