00:12 / 17.12.2025
1 667

"Dinamo" klubi fransiyalik himoyachini tarkibiga qo‘shib oldi

"Dinamo" jamoasi 2026 yilgi mavsum oldidan seleksiya ishlarini davom ettirmoqda. Jamoa o‘z safiga Jesa Mabepa Ayessani qo‘shib olganini e’lon qildi.

"Klub 2026 yilgi yangi mavsum oldidan himoya chizig‘ini ham kuchaytirishni rejalashtirgan. Vadim Abramov boshchiligidagi murabbiylar shtabi taklifiga ko‘ra, «Dinamo» PFK fransiyalik 25 yoshli markaziy himoyachi Jesa Mabape Ayessa bilan bir yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi. Fransiyalik legioner klubimiz safiga erkin agent sifatida qo‘shiladi.

Kelib chiqishi kongolik Jesa Ayessa Fransiya fuqarosi sanalib, o‘tgan yillar davomida «Sosho», «Gyonon», «Romorantin», «Le Pyui», 2025 yilda esa Fransiya 2-divizion vakili «Ayachcho» sharafini himoya qilgan. U ayachcholiklar safida 2024/25 yilgi mavsumda 25 o‘yinda maydonga tushgan.

Ishonamizki, Ayessa o‘z o‘yinlari bilan jamoamiz muxlislarini quvontirib, O‘zbekiston Superligasida ham nom qozona oladi.

«Dinamo» jamoasiga xush kelibsan, Jesa Ayessa", - deya rasmiy xabar berdi Samarqand klubi matbuoti.


Dinamo jamoasi, Jesa Ayessa, O‘zbekiston Superligasi, Fransiya fuqarosi, Samarqand klubi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing