00:10 / 17.12.2025
1 626

Manchester Siti 2024/25 mavsum moliyaviy hisobotini e'lon qildi


Manchester Siti 2024/25 yilgi mavsum yakunlari bo'yicha yillik moliyaviy hisobotini e'lon qildi. Hisobot klub uchun sport va iqtisodiy ko'rsatkichlar nuqtayi nazaridan qarama-qarshi manzarani ko'rsatdi: jamoa so'nggi sakkiz yil ichida ilk bor mavsumni sovrinsiz yakunlagan bo'lsa-da, umumiy daromad 694,1 mln funtni tashkil etdi.

Shu bilan birga, moliyaviy yil 9,9 mln funt zarar bilan yopildi. Taqqoslash uchun, o'tgan hisobot davrida klub 73,8 mln funt foyda qayd etgandi.

Klub aktivlarining sof qiymati 850 mln funtdan oshiq deb baholanmoqda, bu avvalgi ko'rsatkichdan (864,6 mln) biroz past. O'z maydonidagi 27 ta uy uchrashuvi (to'rt turnir doirasida)dan tushgan matchday daromadi 75,1 mln funt bo'ldi va bu o'tgan yilgiga nisbatan 0,5 mln funtga kam.

Teletranslyatsiyalar bo'yicha tushum 278 mln funtgacha kamayib, o'tgan mavsum bilan solishtirganda 16 mln funt yo'qotdi. Tijoriy daromadlar ham biroz pasayib, 340 mln funtni tashkil etdi.

Manchester Siti, Yillik hisobot, Moliyaviy zarar, Sport ko'rsatkichlari, Tijoriy daromadlar
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing