01:26 / 17.12.2025
1 773
Keyn yil futbolchisi sifatida Dembeleni tanladi, Saloh kuchli uchlikda

FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi uchun o‘tkazilgan ovoz berish natijalari e’lon qilindi. The Best mukofotini «Pari Sen-Jermen» va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Usmon Dembele qo‘lga kiritdi.
Angliya terma jamoasi sardori Garri Keyn ham o‘z reytingida birinchi o‘ringa aynan Dembeleni qo‘ydi. «Bavariya» forvardi ikkinchi pog‘onani «PSJ» yarim himoyachisi Vitinyaga, uchinchi o‘rinni esa «Liverpul» yetakchisi Muhammad Salohga berdi.
Keyn yilning eng yaxshi murabbiyi sifatida «PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrikeni tan oldi va ushbu nominatsiya bo‘yicha sovrin ham yakunda unga nasib etdi. Keynning kuchli uchligiga, shuningdek, «Barselona» ustozi Hans-Diter Flik hamda «Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot kiritildi.
FIFA mukofoti, Eng yaxshi futbolchi, Usmon Dembele, Garri Keyn, Luis Enrike
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar