17:39 / 16.12.2025
8 122

Moskvada maktabda 15 yoshli bola o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qildi

Rossiyaning Moskva viloyatida joylashgan Gorki-2 elita qishlog‘ida 16 dekabr kuni sodir bo‘lgan ayni shu mudhish hodisa butun jamoatchilikni xayratga soldi. Uspenskiy maktabining 15 yoshli o‘quvchisi qo‘lida pichoq bilan ta’lim muassasasiga kirib, avval qo‘riqchiga, shuningdek 4-sinfda ta’lim olayotgan 10 yoshli bolaga hujum qilgan. Afsuski, bola olingan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida halok bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, hujum qilgan o‘smir ham ushbu maktabning 9-sinf o‘quvchisi bo‘lib, hodisa vaqtida tanasida “No lives matter” degan yozuvli futbolka bo‘lgan. Guvohlar aytishicha, u hujum qilishdan oldin bolalardan ularning millatini so‘rab chiqqan, bu esa hodisaga yanada jiddiylik bag‘ishlamoqda.

Voqea ro‘y berishi bilan huquq-tartibot idoralari tezkor ravishda maktabga yetib borgan, vaziyatni nazoratga olgan va maxsus kuchlar yordamida o‘smirni qo‘lga olgan. Ayni paytda maktab hududida tergovchilar, politsiya xodimlari va tez tibbiy yordam brigadasi ish olib boryapti.

Rasmiy xabarlarga ko‘ra, hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hujum sabablari esa aniqlanmoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing