02:27 / 17.12.2025
3 001

San-Xose Ertkveyks Verner uchun peshqadamga aylandi


RB Leyptsig hujumchisi Timo Verner yaqin orada Yevropani tark etishi mumkin. Avvalroq germaniyalik futbolchiga Inter Mayami qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi, biroq MLSdagi yana bir klub — San-Xose Ertkveyks ham muzokaralarga kirishdi.

Jurnalist Florian Plettenberg ma'lumotiga ko'ra, Kaliforniya klubi 29 yoshli forvard bilan allaqachon muzokara o'tkazgan. Ayni paytda Verner transferi bo'yicha eng asosiy da'vogar sifatida San-Xose Ertkveyks ko'rilmoqda.

Verner joriy mavsumda RB Leyptsig safida deyarli maydonga tushmayapti — u bor-yo'g'i ikki daqiqa o'ynagan. Futbolchining “qizil buqalar” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan va u uzaytirilmaydi.

RB Leyptsig, Timo Verner, Inter Mayami, San-Xose Ertkveyks, Kaliforniya klubi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing