19:23 / 15.12.2025
3 157

Qozog‘istonni qahraton sovuq qamrab oldi: 3 ta qurbon bor

Qozog‘istonda kuzatilgan keskin sovuq oqibatida og‘ir oqibatlar qayd etildi. G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida havo harorati me’yordan ancha pasayib ketishi sabab uch nafar erkak gipotermiyadan vafot etdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, marhumlar qattiq sovuq ta’sirida muzlab qolgan va tibbiy yordam yetib kelgunga qadar ularni saqlab qolishning iloji bo‘lmagan. Mas’ul idoralar aholini ochiq havoda uzoq qolmaslik, issiq kiyinish va xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilishga chaqirmoqda.

Noqulay ob-havo sharoitlari poytaxt Ostonada ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. 15 dekabr kuni soat 14:00 dan boshlab shahardan chiqish yo‘llarida barcha turdagi transport harakati vaqtincha cheklandi. Rasmiylar ma’lum qilishicha, yo‘llar ob-havo yaxshilanishi bilan yana ochiladi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing