10:42 / 15.12.2025
15 853

Shenchjen metrosida robot yo'lboshchi sinovdan o'tkazilmoqda

Xitoyning Shenchjen shahridagi metropoliten tizimida sun’iy intellektga asoslangan robot yo‘lboshchi sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu haqda Global Times xabar berdi.

Xiaosuan ("Kichik sarimsoq") nomli robot ko‘r va ko‘rish qobiliyati cheklangan yo‘lovchilarga yordam berish uchun mo‘ljallangan. U mustaqil ravishda marshrut tuzish, atrofni aniqlash, ovozli boshqaruvni qo‘llab-quvvatlash va obyektlarni tanib olish imkoniyatiga ega.

Agar ushbu dastur muvaffaqiyatli bo‘lsa, tizim boshqa metro bekatlarida ham joriy qilinadi. Sinov ishtirokchilaridan biri "Elektron yo‘lboshchi it diqqatliroq va chalg‘imaydi. Men sayr qilayotganda o‘zimni ancha ishonchli his qilyapman", dedi.


Shenchjen shahri, Xitoy metropoliteni, Sun’iy intellekt, Robot yo‘lboshchi, Ko‘r yo‘lovchilar
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing