16:14 / 11.11.2025
56 780
Yunusobodda Lacetti yondi: yong‘in 2 daqiqada o‘chirildi

Bugun, 11 noyabr kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida Lacetti rusumli avtomobil yonib ketdi, deb xabar berdi poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa soat 11:07 atrofida Chinobod ko‘chasida sodir bo‘lgan. Holat haqidagi xabar kelib tushgach, yong‘in-qutqaruv xizmati guruhlari soat 11:14 da joyga yetib borgan va atigi ikki daqiqa ichida yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, voqea natijasida hech kim jarohat olmagan. Mutasaddilar hozirda yong‘in sabablarini o‘rganish bilan shug‘ullanmoqda.
Hodisa poytaxtdagi avtomobil xavfsizligi va texnik nazorat masalalariga yana bir bor jiddiy e’tibor qaratish zarurligini eslatmoqda.
Toshkent Shahri
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qarshidagi kafeda tongda yong‘in kelib chiqdi
Islomobodda qonli portlash: sud hududida 6 kishi halok bo‘ldi
Qarshi shahrida sex hududidagi kafe yonib ketdi
Toshkentda uy yong'ini sodir bo'ldi
Kun tarixi: 50 mingdan ziyod kishi halok bo`lishiga sabab bo`lgan Turkiyadagi zilzila voqeasiga 2 yil to`ldi