08:39 / 22.12.2025
1 737
Roy Kin «Manchester Yunayted»da Diogu Dalotni tanqid qildi

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Roy Kin jamoani «Aston Villa»ga (1:2) mag'lub bo'lganidan so'ng keskin tanqid qildi. Birmingem klubi g'alabani Morgan Rodjersning dubliga tayanib qo'lga kiritdi: u 45 va 57-daqiqalarda gol urdi.
Mehmonlar safida yagona to'pni birinchi bo'limga qo'shib berilgan vaqtda Mateus Kunya kiritdi. Uchrashuv tahlili chog'ida Sky Sports studiyasida so'zga chiqqan Kin ayrim futbolchilarning maydondagi mehnati yetarli emasligini ta'kidladi.
««Manchester Yunayted»da Diogu Dalotga o'xshagan, shunchaki yetarlicha harakat qilmaydigan o'yinchilar juda ko'p. Rodjers to'pni olgan paytda xavf tug'ilayotganini ular rostdan ham ko'rmayaptimi?» — dedi Kin.
17 turdan so'ng «qizil iblislar» APL turnir jadvalida 26 ochko bilan 7-o'rinda bormoqda.
Manchester Yunayted, Aston Villa, Roy Kin, Sky Sports, APL jadvali
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Aston Villa» Birminghemda «Manchester Yunayted»ni mag‘lub etdi
«Aston Villa» Birminghemda «Manchester Yunayted»ni mag‘lub etdi
Gari Nevill: Morgan Rodjers Aston Villaga g'alaba olib keldi
VIDEO: "Aston Villa" — "Manchester Yunayted" o‘yinidagi gollarni tomosha qiling
"Aston Villa" so'nggi daqiqada "Arsenal"ni mag'lub etdi