11:11 / 22.12.2025
1 780

O‘zbekiston GovTech indeksida dunyoda TOP-10 talikka kirdi

O‘zbekiston Jahon bankining Davlat texnologiyalari yetukligi indeksi — GovTech Maturity Index (GTMI) 2025 natijalariga ko‘ra 9-o‘rinni egalladi, deb digital.uz xabar berdi.

2020 yilga nisbatan mamlakat 71 pog‘onaga yuqorilab, indeks ko‘rsatkichini 0,617 dan 0,958 gacha oshirishga erishdi. Natijada O‘zbekiston “GovTech yuqori yetuklik” A toifasida o‘z mavqeini mustahkamladi.

Indeks davlat boshqaruvida raqamli transformatsiya darajasini to‘rt asosiy yo‘nalish bo‘yicha baholaydi. Bularga bazaviy davlat tizimlari, onlayn davlat xizmatlari, fuqarolarning raqamli ishtirok etishi hamda GovTech rivojini qo‘llab-quvvatlovchi omillar kiradi.

2025 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egallab, Janubiy Koreya, Avstraliya, Hindiston va Kanada bilan birga dunyo TOP-10 davlatlari qatoriga kirdi.


O‘zbekiston Respublikasi, Jahon banki, Davlat texnologiyalari, Raqamli transformatsiya, GovTech indeksi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing