11:15 / 22.12.2025
1 629

Mirziyoyev, Japarov va Rahmonga Tolstoy mukofoti topshirildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Qirg‘iziston yetakchisi Sadir Japarovga Lev Tolstoy nomidagi mukofot topshirildi. Markaziy Osiyoning uch davlati rahbarlari ushbu mukofotga chegaraning tutash nuqtasini tasdiqlash bo‘yicha shartnoma imzolagani uchun sazovor bo‘ldi.

"O‘zbekiston uchun mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash tashqi siyosatda ustuvor yo‘nalish bo‘lib, bu Markaziy Osiyoning kelajagi uchun umumiy mas’uliyatni anglashga asoslangan strategiyadir", — dedi prezident Mirziyoyev mukofot taqdimoti marosimida.

O‘z navbatida, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu chegaraga oid masalani hal qilishni tarixiy qaror deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, shuningdek, terrorizm, ekstremizm, narkotik moddalar savdosi, noqonuniy migratsiya va kontrabanda bilan samarali kurashish imkoniyatlarini yaratadi.

Lev Tolstoy nomidagi mukofot tinchlik, insoniyatparvarlik va global hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shilgan hissani taqdirlash uchun ta’sis etilgan jamoat mukofotidir. U xavfsizlikni ta’minlashga salmoqli hissa qo‘shgan davlat arboblari, jamoat yetakchilari va tashkilotlarga topshiriladi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing