10:34 / 22.12.2025
2 364

Yaponiyada eng katta yadro stansiyasi ishga tushirilmoqda

Yaponiya Fukusima fojiasidan 15 yil o‘tib, eng katta yadro elektr stansiyasi – Kashiwazaki-Kariwa reaktorini qayta ishga tushirishga ruxsat berdi. Stansiya Tokiodan 220 km shimoli-g‘arbda joylashgan va 2011-yilgi zilzila va sunami oqibatida yopilgan edi.

Niigata viloyatining yig‘ilishi stansiyani qayta ishga tushirishni ma’qulladi. Shu kuni viloyatda taxminan 300 odam “No Nukes” va “Support Fukushima” shiorlari bilan norozilik bildirdi. Ko‘pchilik aholi stansiya xavfsizligidan xavotirda.

TEPCO birinchi reaktorni 2026-yil 20-yanvarda ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Kompaniya mahalliy aholi qo‘llab-quvvatlashi uchun keyingi 10 yil ichida 100 milliard yen (641 million dollar) sarmoya kiritishni va’da qilgan, ammo ko‘pchilik aholi ishonchsiz.

Yaponiya energiya xavfsizligini oshirish va import qilinadigan yoqilg‘i xarajatlarini kamaytirish maqsadida yadroviy quvvat ulushini 2040-yilgacha 20 foizga oshirishni rejalashtirmoqda. Mutaxassislar stansiyaning qayta ishga tushirilishi mamlakat energiya strategiyasida muhim qadam ekanini aytmoqda.


Yaponiya energiyasi, Fukusima fojiasi, Yadro quvvati, Kashiwazaki-Kariwa, Niigata viloyati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing