09:50 / 22.12.2025
1 633

Vensan Kompani Bavariyaning ikki yosh debyutantini baholadi


Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani «Haydenhaym»ga qarshi 4:0 hisobidagi uchrashuvda ilk bor maydonga tushgan Kassiano Kiala va Devid Santush Dayber haqida fikr bildirdi. 16 yoshli himoyachi qo'shib berilgan daqiqalarda zaxiradan o'yinga qo'shildi, 18 yoshli yarim himoyachi esa 72-daqiqada maydonga tushdi.

«Kiala va Dayber qariyb sakkiz oydan beri biz bilan birga mashg'ulot o'tkazmoqda. Treninglarda ular doim Keyn va Kimmix kabi futbolchilarga qarshi o'ynaydi, shuning uchun ancha tajriba to'plashdi.

Biz ularga ishonishimiz mumkinligini oldindan bilardik», dedi Kompani matbuot anjumanida. «Bavariya» qishki tanaffusga Bundesliganing turnir jadvalida peshqadam sifatida yo'l oldi.

Jamoaning Dortmundning «Borussiya»sidan ustunligi to'qqiz ochkoni tashkil etadi.


Bavariya klubi, Vensan Kompani, Haydenhaym uchrashuvi, Bundesliga turniri, Himoyachi Kiala
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing