08:53 / 22.12.2025
1 826

Lyusyen Favr 68 yoshida murabbiylik faoliyatini yakunladi


Dortmundning “Borussiya” klubi sobiq bosh murabbiyi Lyusyen Favr professional murabbiylik faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi. 68 yoshli shveysariyalik mutaxassis murabbiylikdagi faoliyatiga nuqta qo‘yishga qaror qilganini aytdi.

Favrning ta’kidlashicha, doimiy bandlik va ishning yuqori sur’ati sabab yillar o‘zi uchun sezilmay o‘tib ketgan. U uzoq vaqt davomida yoshini unchalik his qilmaganini, biroq vaqt o‘tishi bilan zamonaviy futbolda murabbiylar tobora yoshara borayotganiga e’tibor qaratganini bildirdi.

Favr Dortmundning “Borussiya”sidan tashqari Germaniyada “Gerta”ni, Fransiyada “Nitsa”ni boshqargan. U “Nitsa”ni 2023 yilda tark etgan.

Shuningdek, u Shveysariyada bir qator jamoalarda murabbiylik qilgan.
Lyusyen Favr, Dortmund Borussiya, Shveysariya murabbiyi, Zamonaviy futbol, Murabbiylik faoliyati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing