"Vilyarreal" — "Barselona" o‘yinida kiritilgan gollar (video)

La Liga 17-tur doirasidagi "Vilyarreal" — "Barselona" o‘yini bo‘lib o‘tdi. O‘yinning 12-daqiqasida Rafinya penaltidan to‘p kiritib, hisobni ochdi. 39-daqiqada Renato Veyga qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Lamin Yamal esa 63-daqiqada gol urib, o‘yinga nuqta qo‘ydi.
La Liga. 17-tur
Vilyarreal – Barselona 0:2
Gollar: Rafinya 12 pen, Yamal 63
Vilyarreal – Luis Junior, Navarro, Marin, Veyga, Kardona, Buchanan, Komesanya, Parexo, Moleyro, Pepe, Peres (Mikautadze, 65).
Barselona – Joan Garsiya, Kunde (Kasado, 79), Kubarsi, Jerar Martin, Balde, Erik Garsiya (Bernal, 66), Fermin Lopes (Reshford, 63), De Yong, Yamal, Rafinya, Ferran (Levandovski, 62)
Ogohlantirishlar: Bushanan 73 – Erik Garsiya 58
Chetlatish: Veyga 39
“Barselona” hozirda 46 ochko bilan La Liga turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda, “Real” 42 ochko bilan ikkinchi o‘rinda joylashgan.
La Liga, Vilyarreal Barselona, Renato Veyga, Lamin Yamal, Turnir jadvali