YECHLda keskin o‘tgan bahslar muxlislarni hayajonga soldi

Yevropa Chempionlar ligasining 6-turi yana bir marotaba futbol olamining diqqat markaziga aylandi. Kecha kechqurun o‘tgan bir qator o‘yinlar nafaqat hisob bilan, balki dramatizmi, kutilmagan burilishlari va yuqori tempi bilan ham muxlislar xotirasida muhrlanib qoldi.
«Barselona»da Kundening qisqa furorati g‘alabani ta’minladi
Kataloniyada o‘tgan to‘qnashuvda mahalliy «Barselona» mehmon jamoa «Ayntraxt»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Bellashuvning dastlabki qismida Knauff jamoasini hisobda oldinga olib chiqqandi. Biroq 2-bo‘lim boshida Jul Kunde stadionni larzaga soldi — o‘ttiz daqiqa ichida u ikki bor darvozani aniq nishonga olib, jamoasiga muhim 3 ochko taqdim etdi.
Katalonlar tarkibida Yamal, Levandovski va Rafinya kabi ijrochilar faol o‘yin ko‘rsatdi. «Ayntraxt» esa butun o‘yin davomida bosimda o‘ynadi, ammo hisobni tenglashtirish imkonini topa olmadi.
Barselona — Ayntraxt 2:1
Gollar: Kunde 50, 53 – Knauff 23
Barselona – Joan Garsiya, Kunde, Kubarsi, Jerar Martin, Balde (Kristensen, 89), Erik Garsiya, Fermin Lopes (Reshford, 46), Pedri, Yamal (Bardji, 89), Levandovski (Torres, 66), Rafinya (De Yong, 66).
Ayntraxt – Setterer, Kox, Teat, Shaibi (Baoyya, 77), Knauff (Vaxi, 68), Kristensen, Sxiri, Larsson (Doud, 68), Doan, Braun, Gyotse (Uzun, 77)
Ogohlantirishlar: Yamal 56, Martin 61 – Knauff 28
«Atalanta»dan irodaviy qaytish va so‘nggi daqiqalar dramasi
Bergamoda Italiyaning «Atalanta» va Angliyaning «Chelsi» klublari o‘rtasidagi bahs ham shiddatli kechdi. «Chelsi» Joao Pedroning goli orqali oldinga chiqqan bo‘lsa-da, 2-bo‘limda maydon egalari o‘yinni tamoman o‘z qo‘liga olib, kambekni amalga oshirishdi — 2:1.
Skamakka va de Ketelarening gollari jamoaga muhim g‘alabani taqdim etdi. Tomoshabinlar ayniqsa "Atalanta" bosimi ostidagi oxirgi daqiqalarda nafasini ichga tortib turdi.
Atalanta — Chelsi 2:1
Gollar: Skamassa 55, de Ketelare 83 – Joao Pedro 25
Atalanta – Karnezekki, Kossunu, Kolashinas (Axanor, 71), Jimsiti, Bellanova (Zappakosta, 17), de Ron, Ederson (Musa, 87), Bernaskoni, de Ketelare, Skamassa (Krstovich, 72), Lukman (Pashalich, 87)
Chelsi – Sanches, Chaloba (Fofana, 46, Adarabioyo, 76), Acheampong, Badiashvile, Kukurelya, Kaysedo, Jeyms, Net-u (Garnacho, 67), Fernandes (Gusto, 67), Gittens, Joao Pedro
Ogohlantirishlar: Chaloba 29
«Inter» – «Liverpul»: Yakka gol hammasiga nuqta qo‘ydi
Milandagi o‘yinda «Inter» mahalliy muxlislar oldida «Liverpul»ga qarshi maydonga tushdi. Uy egalari o‘yin davomida bir necha xavfli vaziyatlar yaratganiga qaramay, darvozani ishg‘ol qila olmadi.
"Qizillar" esa sabr bilan harakat qilib, 88-daqiqada penalti ishlab topdi va Soboslai uni mukammal ijro etdi — 0:1. Bu gol o‘yin taqdirini hal qildi.
Inter — Liverpul 0:1
Gol: Soboslai 88 pen
Inter – Zommer, Akanji, Acherbi (Bissek, 31), Bastoni, Luis Enrike, Barella, Chalxano‘g‘li (Ziyelinski, 11), Mxitaryan (Cuchich, 82), Dimarko (Karlos Augusto, 82), Tyuram (Bonni, 82), Martines.
Liverpul – Alisson, Gomes (Bredli, 68), Van Deyk, Konate, Soboslai, Makallister, Jons, Robertson, Gravenberh, Ekitike, Isak (Virts, 68).
Ogohlantirishlar: Martines 13, Mxitaryan 57 – Ekitike 39, Jons 73
«Tottenhem» ishonchli g‘alaba bilan pley-offga qadam tashladi
Londonning «Tottenhem» jamoasi o‘z uyida «Slaviya»ni 3:0 hisobida yirik tarzda mag‘lub etdi. Zimaning avtogoli, Quddus va Simons tomonidan aniq ijro etilgan ikki penalti mezbonlarga muvaffaqiyat keltirdi.
Jamoa o‘yini butun uchrashuv davomida intizomli va bosimli kechdi. Xususan, Quddusning yuqori formasi muxlislar tomonidan alohida e’tirof etildi.
Tottenhem — Slaviya 3:0
Gollar: Zima 26 avtogol, Quddus 50 pen, Simons 79 pen
Tottenhem – Vikario, Quddus (Tel, 58), Porro (Devis, 68), Grey (Sarr, 58), Paliniya, Simons, Romero, van de Ven, Odober (Bergvall, 76), Spens, Risharlison (Kolo Muani, 68)
Slaviya – Stanek, Holes, Xaloupek, Ogbu, Zima (Visek, 60), Dudera, Mozes, Provod, Sadilek (Sham, 76), Sanyang (Mbodji, 80), Xitil.
«PSV» va «Atletiko» o‘rtasida jangovar to‘plar almashinuvi
Eyndhovendagi bahs ko‘plab gollarga boy bo‘ldi. Hisob 2:3 «Atletiko» foydasiga hal qilindi. Ispanlar safida Alvares, Hansko va Syorlot gol urdi. PSV oxirgi daqiqalargacha kurashni to‘xtatmadi, ammo tenglashtirish imkonini topa olmadi.
PSV — Atletiko 2:3
Gollar: Til 10, Pepi, 85 – Alvares 37, Hansko 52, Syorlot 56
PSV – Kovarj, Dest, Shauten, Yarek (Obispo, 58), Salax-Eddin, Mauro Junior, Saybari, Verman, Vanner (Man, 59), Til (Pepi, 73), Driosh (Perishich, 81)
Atletiko – Oblak, Rujjeri, Molina, Hansko, Pubil, Koke (Grizmann, 76), Barrios, Simeone (Le Norman, 89), Niko (Gallaher, 69), Syorlot (Almada, 75), Alvares.
Ogohlantirishlar: Saybari 20, Shauten 33, Mauro Junior 41, Gaserovski 54 – Diyego Simeone 37, J. Simeone 48, Barrios 50, Rujjeri 90+2
«Monako» — «Galatasaroy»: Yakka gol o‘yin taqdirini hal qildi
Monte-Karloda o‘tgan bahsda Balogunning yagona goli «Monako»ga muhim g‘alaba keltirdi. «Galatasaroy» bir necha xavfli vaziyat yaratgan bo‘lsa-da, darvozabonning ishonchli o‘yini ularni sharafdan mahrum etdi.
51-daqiqada Zakariya penaltidan foydalana olmagani turklar uchun hal qiluvchi vaziyat bo‘lib qoldi.
Monako — Galatasaroy 1:0
Gol: Balogun 68
Monako – Gradetski, Vanderson, Kerer, Salisu, Enrike, Kamara, Zakariya, Golovin (Ouattara, 82), Akliush, Minamino (Teze, 75), Balogun
Galatasaroy - Chaqir, Sallai, Sanches, Bardakchi, Yakobs (Ikardi, 79), Torreyra, Gabriel, Sane, Gundo‘g‘on, Yilmaz, Osimhen
Foydanilmagan penlati: Zakariya 51
Kechki bahs: «Marsel» dramatik uslubda g‘alaba qozondi
«Yunion» va «Marsel» o‘rtasidagi uchrashuv tom ma’noda tomoshabop o‘tdi. 5-daqiqadayoq hisob ochilgan o‘yinda jami 5 ta gol urildi. Fransiya klubi Payshao va Grinvudning gollari orqali 2:3 hisobida zafar quchdi va guruhdagi imkoniyatlarini kuchaytirib oldi.
Yunion — Marsel 2:3
Gollar: Halaili 5, 71 – Payshao 15, Grinvud 41, 58
Yunion – Sxerpen, Makallister, Berdjess, Leysen, Halaili, van de Perre (Rasmussen, 82), Nyang, Zorgan, Sxofs (Boufal, 63), Raul (Devid, 63), Rodriges
Marsel – Ruli, Vea (Balerdi, 46), Murillo, Agerd, Emerson, Vermeren, Heyberg, O’Rayli, Grinvud (Vash, 88), Obemayang (Kondogbia, 88), Payshao.
Umumiy turnir jadvali
