10:07 / 22.12.2025
1 694

Minglab talabalar universitet siyosatiga qarshi namoyishga chiqdi

Serbiyaning janubi-g‘arbidagi Novi Pazar shahrida minglab talabalar va faollar davlat universitetlarida yuz berayotgan bosimlarga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazdi. Aksiya mamlakat bo‘ylab talabalar tomonidan boshlangan norozilik harakatining bir qismi bo‘ldi. Bu Novi Pazarda o‘tkazilgan ilk yirik talaba namoyishi hisoblanadi.

Ushbu noroziliklar o‘tgan yili Novi Sad shahrida temiryo‘l vokzalida tom qulab tushib, 16 kishi halok bo‘lgan voqeadan keyin boshlangan chiqishlar bilan bog‘liq. Novi Pazar talabalari avvalroq ushbu hodisaning bir yilligida o‘tkazilgan namoyishlarda qatnashish uchun bir necha kun piyoda yo‘l bosib, butun mamlakat e’tiborini tortgan edi.

Talabalar universitet rahbariyatini noroziliklarda qatnashgan yoshlarning talabalik maqomini bekor qilishda va o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatishda ayblamoqda. Ularning aytishicha, 200 ga yaqin talaba o‘qish huquqidan ayrilgan, 30 dan ortiq o‘qituvchi esa ishdan bo‘shatilgan. Namoyishchilar rahbariyatning iste’fosini talab qilmoqda.

Namoyish davomida ishtirokchilar halok bo‘lganlar xotirasiga sukut saqladi. Talabalar bu masala faqat bir shahar bilan bog‘liq emasligini, balki butun mamlakatdagi oliy ta’lim muammolariga taalluqli ekanini ta’kidladi. Rasmiylar esa talabalar tomonidan bildirilayotgan ayblovlarni inkor etmoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing