10:04 / 22.12.2025
1 690

Metan "zapravka"lar 22 dekabr kuni faqat 6 soat ishlaydi

2025 yil 22 dekabr kuni O‘zbekistondagi barcha metan yoqilg‘i quyish shoxobchalari odatdagi ish tartibida ertalab soat 10:00 dan kechki 16:00 gacha faoliyat yuritadi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 11 dekabrdan boshlab metan zapravkalari ishiga cheklovlar kiritilgan edi. Ushbu cheklovlar qo‘shni davlatdagi muammolar sabab gaz yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan.

Bu haqda Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ma’lum qilgan, ammo qaysi davlat haqida gap ketayotgani ochiqlanmagan. Shu davr mobaynida eng murakkab vaziyat Farg‘ona vodiysida kuzatilgan, u yerda gaz bosimi eng past darajada bo‘lgan.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing