
Barselona La Ligadagi ketma-ket gol urilgan o'yinlar seriyasini uzaytirdi. Kataloniyaliklar chempionatning yakshanba kungi uchrashuvida Villarrealni 2:0 hisobida mag'lub etdi.
Uchrashuvda Rafinya Dias 12-daqiqada, Lamin Yamal esa 63-daqiqada gol urdi. Opta ma'lumotiga ko'ra, Barselona La Ligada ketma-ket 38 o'yindan beri kamida bittadan gol urib kelmoqda.
Bu klub uchun 2013 yildan buyon eng yaxshi natija hisoblanadi. 12 yil avval esa "Barsa" chempionat tarixidagi eng uzoq seriyani qayd etib, 64 uchrashuvda ketma-ket gol urgandi.
Xans-Diter Flik jamoasining keyingi raqibi Espanol bo'ladi. Barselona derbisi 3-yanvar kuni o'tkaziladi.
Amaldagi chempionlar yilni turnir jadvalida birinchi o'rinda yakunlab, Madridning Real klubidan 4 ochko oldinda bormoqda.
Barselona klubi, La Liga, Kataloniya jamoasi, Chempionat tarixi, Real klubi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Flik Barselona yilni qanday kayfiyatda yakunlayotganini aytdi
Lamin Yamal 2025 yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb tan olindi
“Barselona” kechgi kambek bilan muhim uy g‘alabasini qo‘lga kiritdi (video)
"Barselona" kuchli kambek qildi: Kunde dubli g‘alaba keltirdi
«Oltin to'p»ga da'vo qilishi kutilayotgan olti faol futbolchi