
Garri Keyn "Bavariya"ga "Haydenhaym" ustidan yirik hisobdagi g'alabada yordam berdi va Bundesligada navbatdagi rekordni o'rnatdi. Myunxen klubi uchrashuvda 4:0 hisobida zafar quchdi, angliyalik hujumchi esa bir gol muallifiga aylandi.
32 yoshli futbolchi Bundesligadagi 78-o'yinidayoq 100 ta samarali harakat (81 gol va 19 assist) ko'rsatkichiga yetdi. ESPN xabariga ko'ra, 2004/05 mavsumidan beri yuritilayotgan statistik hisob-kitoblarga tayanilsa, Keyn Germaniya chempionati tarixida ushbu marraga eng tez yetgan futbolchi bo'ldi.
U avvalgi rekordchi Arjen Robbendan o'zib ketdi: niderlandiyalik futbolchiga 100 ta samarali harakatga erishish uchun 119 o'yin kerak bo'lgan. Eslatib o'tamiz, Keyn "Bavariya"ga 2023 yil yozida "Tottenhem"dan o'tgan.
Joriy Bundesliga mavsumida u 19 gol va 3 assist qayd etgan.
Garri Keyn, Germaniya chempionati, Bundesligadagi rekord, Myunxen klubi, Arjen Robben
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kelajakni o‘zgartiruvchi sun’iy idrok: uning insoniyatga foyda-ziyoni nimada?
Fabio Kannavaro futboli haqida 5 mulohaza
Garri Keyn Bavariyaning Haydenhaym ustidan g'alabasini baholadi
Garri Keyn Bavariyaning Haydenhaym ustidan g'alabasini baholadi
Pedri "Barselona" tarixida 15 yil avval Messi o‘rnatgan rekordni yangiladi