05:32 / 22.12.2025
1 946

Kobbi Maynu bir haftaga safdan chiqdi


Manchester Yunayted yarim himoyachisi Kobbi Maynu Angliya Premer-ligasining Aston Villa bilan yakshanba kungi uchrashuvi arafasida jarohat oldi. 20 yoshli futbolchi Birmingemdagi o'yin uchun qaydnomaga kiritilmadi.

Klub uning yo'qligini shanba kungi mashg'ulotda olgan jarohati bilan izohladi. Jurnalist Kris Uilerning yangilangan ma'lumotiga ko'ra, Maynu boldir mushagidan shikast olgan va taxminan bir hafta maydonga tusha olmaydi.

Manchester Yunayted Aston Villa bilan uchrashuvda 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. 26 dekabr, juma kuni mankunianlar o'z maydonida Nyukaslni qabul qiladi.

Joriy mavsumda Maynu Manchester Yunayted safida 12 o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatma muallifi bo'lgan.
Manchester Yunayted, Kobbi Maynu, Angliya Premer-ligasi, Aston Villa, Kris Uiler
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing