06:31 / 22.12.2025
2 299
Jessi Lingard Janubiy Koreyadagi motivatsiyasini tushuntirdi

Angliyalik hujumchi Jessi Lingard so'nggi yillarini o‘tkazgan Janubiy Koreyadagi hayoti va u yerdagi motivatsiyasi haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, yevropalik futbolchi uchun noodatiy bo‘lgan bu mamlakatga ko‘chib borish unga e’tiborini to‘liq futbolga qaratish imkonini bergan.
Lingardning so‘zlariga ko‘ra, u avvaliga Seul haqida deyarli hech narsa bilmagani uchun hayratga tushgan. Biroq keyin bu qarorni o‘zini “qayta yuklash” va Manchesterdagi turli vasvasalardan uzoqlashish uchun qulay imkoniyat, deb baholagan.
U Manchesterda chalg‘itadigan omillar ko‘pligini, o‘zi esa faqat futbolga diqqatni jamlashi zarur bo‘lganini ta’kidladi. Bu haqda derbyderbyderby.it nashri iqtibos keltiradi.
Hozirda Lingard erkin agent maqomida qolmoqda.
Jessi Lingard, Janubiy Koreya, Yevropalik futbolchi, Manchester shahri, Erkin agent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fabio Kannavaro futboli haqida 5 mulohaza
Kelajakni o‘zgartiruvchi sun’iy idrok: uning insoniyatga foyda-ziyoni nimada?
«Oltin to'p»ga da'vo qilishi kutilayotgan olti faol futbolchi
«Oltin to'p»ga da'vo qilishi kutilayotgan olti faol futbolchi
Saa: Yamal Messiga yetolmaydi, u Neymardek yo'q bo'lib ketadi