02:31 / 21.12.2025
3 910

Viktor Gyokeresh olti o'yindan so'ng «Arsenal»da gol urdi


«Arsenal» hujumchisi Viktor Gyokeresh APLning 17-turi doirasida «Everton»ga qarshi o'yinda hisobni ochdi. Shvetsiyalik futbolchi uchrashuvning birinchi bo'limida, 27-daqiqada belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

Bu gol Gyokeresh uchun London klubi safidagi so'nggi olti uchrashuvdagi ilk samarali harakat bo'ldi. U bundan avval 1 noyabr kuni Angliya chempionatida «Byornli» darvozasini ishg'ol etgandi.

Joriy mavsumda APLda Gyokeresh 15 o'yinda 5 ta gol muallifi bo'lib turibdi. «Everton» — «Arsenal» bahsida hozircha ikkinchi bo'lim davom etmoqda, mehmonlar 1:0 hisobida oldinda.

Viktor Gyokeresh, Shvetsiyalik futbolchi, Angliya chempionati, London klubi, APL turi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing