23:00 / 20.12.2025
4 923
Eddi Xau Voltemadening "Chelsi"ga qarshi o‘yinini qanday baholadi?

«Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Xau «Chelsi»ga qarshi o‘yinda hujumchi Nik Voltemadening harakatlari haqida fikr bildirdi. Uchrashuvda Vultemade dubl qayd etdi va bu uning «Nyukasl» safidagi ilk ikki goli bo‘ldi.
«Nik bugun juda yaxshi o‘ynadi. Bu hozircha uning “Nyukasl”dagi eng yaxshi uchrashuvi bo‘ldi. Hujumdagi asosiy figura sifatida o‘yinning ohangini belgilab berdi. Tinimsiz mehnat qildi va vaziyatlaridan a’lo darajada foydalandi», — dedi Xau BBC Match of the Day dasturiga.
«Chelsi» bilan 2:2 hisobidagi durangdan so‘ng «Nyukasl» Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 11-o‘rinda bormoqda. Keyingi turda Eddi Xau jamoasi safarda «Manchester Yunayted»ga qarshi maydonga tushadi.
Uchrashuv 26 dekabr, juma kuni bo‘lib o‘tadi.
Nyukasl jamoasi, Eddi Xau, Chelsi klubi, Angliya Premer-ligasi, Nik Vultemade
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing