01:52 / 20.12.2025
1 564

Vitaliy Denisov Safonovning o'yinini yuksak baholadi


“Lokomotiv”ning sobiq futbolchisi Vitaliy Denisov PSJ darvozaboni Matvey Safonovning “Flamengo”ga qarshi uchrashuvdagi o'yini haqida fikr bildirdi. Denisovning aytishicha, bunday chiqishdan so'ng Safonov murabbiylar shtabi ishonchiga munosib.

“Matvey o'zini ko'rsatdi: imkoniyatini kutdi va undan unumli foydalandi. Klubning sovrinni qo'lga kiritishi uchun u yetarlicha jiddiy mehnat qildi”, — deya Denisov so'zlarini keltiradi “Sovetskiy sport”.

Joriy mavsumda Safonov Fransiya klubi safida to'rtta o'yinda maydonga tushdi. Ularning ikkitasida darvozasi daxlsiz qoldi.

Qo'lidan olgan jarohati sabab darvozabon taxminan 3–4 haftaga safdan chiqdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing