01:41 / 20.12.2025
1 607
Politanoning aytishicha, Napoli Milanga nisbatan tajovuzkorroq o'ynadi

Italiya Superkubogi bahsida "Milan" turnirni tark etdi. Finalda "Napoli" milanliklarni 2:0 hisobida mag'lub etdi.
Neapolliklar hujumchisi Matteo Politano uchrashuvdan keyin jamoasining o'yinini yuqori baholadi va muvaffaqiyatning muhim omili sifatida maydonda yanada tajovuzkor hamda agressiv harakat qilganini ta'kidladi. "Biz juda yaxshi o'yin ko'rsatdik.
Har tomonlama va barcha jihatlardan. Bundan tashqari, o'z energiyamizni qaytara oldik.
Agar biz ruhiy hamda jismoniy tomondan hammasi joyida bo'lsa, bizni to'xtatish qiyin", — deya Politanoning so'zlarini pianetamilan.it keltiradi. Eslatib o'tamiz, "Napoli" Italiya Superkubogini klub tarixida ikki marta qo'lga kiritgan: 1991 va 2014 yillarda.
Italiya Superkubogi, Milan klubi, Napoli jamoasi, Matteo Politano, Klub tarixi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar