
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike qishki transfer oynasida jamoani kuchaytirishni kutmayapti. Jurnalist Fabris Xokinsning xabar berishicha, ispaniyalik mutaxassis amaldagi tarkibdan mamnun.
Shu sababli parijlik grand yanvar oyidagi transfer bozorida katta faollik ko'rsatishi ehtimoldan yiroq. Murabbiy, shuningdek, mavsumning sezilarli qismini jarohatlar sabab o'tkazib yuborgan futbolchilar ikkinchi yarmida o'zini ko'rsatishiga umid qilmoqda.
Hozirda PSJ Fransiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadam «Lans»dan bir ochko ortda qolmoqda. Yaqinda parijliklar «Flamengo»ni mag'lub etib, Qit'alararo kubokni qo'lga kiritdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar