01:34 / 20.12.2025
1 894
Slot Gakpo, Soboslai va Gomesning holati haqida ma'lumot berdi

“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot Angliya Premyer-ligasida “Tottenhem”ga qarshi safar o'yini oldidan jamoa tarkibidagi vaziyat haqida gapirdi. Slotning aytishicha, Koudi Gakponing tibbiy tekshiruv natijalari ijobiy ko'rinmoqda va shuning uchun klubdagilar endi u borasida uncha xavotirda emas.
Futbolchi kutilganidan tezroq qaytishi mumkin, biroq ertangi uchrashuvda maydonga tushmaydi. Shuningdek, Jo Gomes ham ertaga jamoa qaydnomasida bo'lmaydi.
Dominik Soboslai esa kecha ilk bor mashg'ulotlarda ishtirok etdi — murabbiylar shtabi uning o'zini qanday his qilishini kuzatib boradi. “Tottenhem” — “Liverpul” uchrashuvi 20-dekabr kuni Moskva vaqti bilan 20:30 da boshlanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing