04:11 / 19.12.2025
2 156

Adidas va Under Armour Mbappeni Nike’dan olib ketmoqchi


“Real” hujumchisi Kilian Mbappe Nike kompaniyasi bilan shartnomasini uzaytirish bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Yulduz futbolchini Nike bilan bog‘lab turgan amaldagi kelishuv kelayotgan yozda yakuniga yetadi va tomonlar hamkorlikni davom ettirish masalasini faol muhokama qilmoqda.

RMC Sport xabariga ko‘ra, Mbappeni Nike’dan “ilib ketish”ga birdaniga ikki brend qiziqish bildirgan. Fransiya terma jamoasi sardori bilan Adidas va Under Armour hamkorlik qilishni istamoqda.

Nike esa Mbappe bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlash bilan birga, “PSJ” hujumchisi Dezire Due bilan ham kelishuv imzolash variantini ko‘rib chiqmoqda. 2025/2026 yilgi mavsumda Kilian Mbappe 23 o‘yinda maydonga tushib, 28 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Kilian Mbappe, Nike kompaniyasi, Fransiya terma, Adidas brendi, Under Armour
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing