
“Liverpul”ning sobiq hujumchisi Roberto Firmino, hozirda Qatar chempionatida “Al-Sadd” safida to'p surayotgan futbolchi Ugo Ekitike haqida fikr bildirdi. Yozda “qizillar” fransiyalik hujumchini Frankfurtning “Ayntraxt” klubidan 95 million yevroga sotib oldi.
“Ekitike menga juda yoqadi, u to'p bilan ajoyib ishlaydi. U qaysidir jihatlari bilan “Liverpul”ga endi kelgan davrimdagi o'zimni eslatadi”, dedi 34 yoshli braziliyalik futbolchi TNT Sports bilan suhbatda.
Firmino 2015–2023 yillarda mersisaydliklar sharafini himoya qilgan. Arne Slot boshqaruvidagi jamoa safida Ekitike barcha musobaqalarda 23 o'yinda 10 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Liverpul klubi, Roberto Firmino, Qatar chempionati, Ugo Ekitike, Arne Slot
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing