
“Liverpul” markaziy hujumchisi Ugo Ekitike, mersisaydliklar bosh murabbiyi Arne Slotning talablariga munosabat bildirdi. “Baʼzan o'zingni jahldor his qilasan, bu biroz asabiylashtiradi.
Ammo men bilaman, Slot menga va jamoaga faqat yaxshilikni xohlaydi. U faqat yordam bermoqchi, shuning uchun men buni salbiy qabul qilmayman”, — deya futbolchining so'zlarini keltiradi The Telegraph.
Fransiyalik hujumchi ushbu yozda Frankfurtning “Ayntraxt” klubidan “Liverpul”ga o'tgan edi. Transfer qiymati 95 million yevroni tashkil etdi.
U “qizillar” safida barcha musobaqalarda 15 o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 1 ta assist amalga oshirdi. Bugun, 9-noyabr kuni, “Liverpul” Angliya Premier Ligasining 11-turi doirasida safarda “Manchester Siti”ga qarshi bellashadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Adam Uorton MYU qiziqishiga munosabat bildirdi
Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”dagi futbolkalarining narxi qanday?
Titon "Rayo Valyekano" - "Real" o‘yinida g‘olibni aytdi
Islombek Ismoilov O‘zbekiston U-17ning kechagi mag‘lubiyatiga izoh berdi
O‘zbekiston U-17 bugun Irlandiyaga qarshi muhim sinovda...