02:02 / 18.12.2025
2 487
Fransiyada Safonov PSJning asosiy darvozaboni bo'lishi kerak, deyishdi

Fransiyalik jurnalist Loik Tanzi PSJ darvozaboni Matvey Safonovning Qit'alararo kubok finalida "Flamengo"ga qarshi o'yindagi harakatlarini yuqori baholadi. Uchrashuv asosiy va qo'shimcha bo'limlarda 1:1 hisobida yakunlandi.
Sovrin taqdiri penaltilar seriyasida hal bo'ldi. Unda Safonov hal qiluvchi qahramonga aylandi: u besh zarbadan to'rttasini qaytardi va parijliklarga g'alabani taqdim etdi.
Tanzining ta'kidlashicha, Safonovning bu finaldagi o'yinini tarixiy deb atash mumkin. Jurnalist penaltilar seriyasidagi bunday natija eng yuqori darajadagi yutuq ekanini qayd etib, finaldan keyin rossiyalik darvozabon PSJning asosiy posboni maqomiga loyiq ekanini bildirdi.
"Bu jahon darajasidagi yutuq. Shundan keyin Safonov PSJda albatta birinchi raqamga aylanishi kerak.
U jamoada o'ynashi shart", deya Tanzining so'zlarini keltiradi "Sport-Ekspress". Joriy mavsumda Safonov barcha musobaqalarda to'rt uchrashuvda maydonga tushib, uch gol o'tkazib yuborgan.
Loik Tanzi, Matvey Safonov, Qit'alararo kubok, PSJ darvozaboni, Penaltilar seriyasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar