03:59 / 18.12.2025
7 576

Luis Enrike Safonovning to'rtta penaltini qaytarishini yuqori baholadi


PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike FIFA Qit'alararo kubogi finalida «Flamengo»ga qarshi o'yinda darvozabon Matvey Safonovning ishtirokini izohladi. Hal qiluvchi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

G'olib penaltilar seriyasida aniqlandi va unda parijliklar ustun keldi. PSJning bu muvaffaqiyatida rossiyalik darvozabon Safonov muhim rol o'ynadi.

Jurnalistlar savoliga javoban Enrike avval hech qachon darvozabon ketma-ket to'rtta penaltini qaytargan holatni ko'rmaganini aytdi. «Yo'q, men birinchi marta darvozabon to'rtta penaltini qaytarganini ko'ryapman», dedi Enrike.

Ispaniyalik mutaxassis jamoa navbatdagi sovrinni qo'lga kiritganidan xursand ekanini va bu g'alabani to'liq haqli, deb hisoblashini qo'shimcha qildi. Safonov joriy mavsumda PSJ safida 4 ta o'yinda maydonga tushdi va 3 ta gol o'tkazib yubordi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing