03:09 / 18.12.2025
8 117

Robert Levandovski Chikago Fayr bilan kelishuvga yaqinlashdi


“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski 2026 yilda klubini o‘zgartirishi mumkin. 37 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga MLSning “Chikago Fayr” klubi urinmoqda.

Jurnalist Nizaar Kinsellaning xabariga ko‘ra, amerikaliklar polyak hujumchi bilan “ijobiy” muzokaralar o‘tkazgan. Yulduzli veteran ushbu transferga ochiq.

Qayd etilishicha, “Chikago Fayr” Levandovskining maosh bo‘yicha talablarini bemalol qondira oladi. Avvalroq forvardga Saudiya Arabistoni chempionati vakillari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Joriy mavsumda Levandovski “Barselona” safida 17 uchrashuvda maydonga tushib, 8 gol urdi va 2 golli uzatma amalga oshirdi. Futbolchining kataloniyalik grand bilan shartnomasi mavsum yakunida tugaydi.

Robert Levandovski, Barselona klubi, Chikago Fayr, Saudiya Arabistoni, MLS chempionati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing