01:00 / 18.12.2025
2 343
Genich Safonovning finaldagi qahramonligini e'tirof etdi

Rossiyalik darvozabon Matvey Safonov “PSJ” va “Flamengo” o‘rtasidagi Qit'alararo kubok finalining bosh qahramoniga aylandi. Uchrashuv taqdirini penaltilar seriyasi hal qildi va aynan o‘sha paytda Safonov to‘rtta zarbani qaytarib, jamoasini qutqarib qoldi.
Safonovning “PSJ” darvozasidagi bunday o‘yini futbol sharhlovchisi Konstantin Genich tomonidan ham yuqori baholandi. “Safonov – zo‘r!” deb yozdi Genich.
Qayd etish joiz, Safonov “PSJ” safida ketma-ket to‘rtinchi o‘yinini o‘tkazdi. Bunday ishonchli o‘yin bilan u parijliklarning asosiy darvozaboniga aylanishi ehtimoli yuqori.
Jarohatdan forig‘ bo‘lgan Lyuk Shevalye esa sog‘ayganiga qaramay, zaxirada qolmoqda.
Matvey Safonov, Qit'alararo kubok, PSJ jamoasi, Futbol sharhlovchisi, Lyuk Shevalye
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar