02:14 / 18.12.2025
2 470

Messi Buskets o'rniga Kokeni Inter Mayamiga taklif qildi


Inter Mayami hujumchisi Lionel Messi jamoada Atletiko Madrid yarim himoyachisi Kokeni ko'rishni istamoqda. Bir necha kun avval Koke “matraschilar” safida o'zining 500-o'yinini o'tkazdi.

Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, Messi Kokeni MLS kubogi finalidan so'ng futbolchilik faoliyatini yakunlagan Serxio Busketsning o'rnini bosadigan nomzod sifatida ko'rmoqda. Biroq Kokening transferi yozga qoldirilishi mumkin, chunki u paytda futbolchining Atletiko bilan shartnomasi yakuniga yetadi.

Shunda Inter Mayami 33 yoshli yarim himoyachini tekinga tarkibiga qo'shib olishi mumkin. Joriy mavsumda Koke barcha turnirlarda 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Inter Mayami, Lionel Messi, Atletiko Madrid, Serxio Buskets, MLS kubogi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing