00:06 / 18.12.2025
1 708
Starmer Abramovichdan Ukrainaga 2,5 mlrd funt o‘tkazishni talab qildi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer «Chelsi»ning sobiq egasi Roman Abramovichni Ukrainaga ajratilishi kerak bo‘lgan mablag‘ bo‘yicha ogohlantirdi. Starmerning aytishicha, Abramovich «Chelsi»ni sotish chog‘ida olgan majburiyatini bajarib, 2,5 milliard funt sterlingni Ukrainadagi gumanitar ehtiyojlar uchun yo‘naltirishi lozim.
Bosh vazir hukumat ushbu majburiyat ijrosini sud orqali ham ta’minlashga tayyor ekanini bildirdi. Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda Abramovich sanksiyalarga qaramay «Chelsi»ni sotishga muvaffaq bo‘lgan.
Britaniya tomoni bitimga faqat klub savdosidan tushadigan mablag‘ Ukrainadagi mojarodan zarar ko‘rganlarga yo‘naltirilishi sharti bilan ruxsat bergan. Keyingi muzokaralar esa natija bermagan, chunki Abramovich pul faqat bir tomonga emas, balki mojarodan har ikki tomonda jabrlanganlarga berilishini talab qilgan.
Hozircha ushbu mablag‘lar muzlatilganligicha qolmoqda.
Buyuk Britaniya, Kir Starmer, Roman Abramovich, Gumanitar ehtiyojlar, Ukrainadagi mojaro
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Muhokama va savollarsiz. Deputatlar davlat organlari xarajatlarini deyarli 10 trln so‘mga ko‘paytirishni ma’qulladilar
Kelajakni o‘zgartiruvchi sun’iy idrok: uning insoniyatga foyda-ziyoni nimada?
Zelenskiy Britaniya va Yevropa yetakchilariga ochiq murojaat qildi
Berlin muzokaralari: Donbass atrofida AQSH va Ukraina kelishmovchiligi
Zelenskiyning murakkab yo‘li: tinchlik rejasi va uch asosiy "turtki"!