00:48 / 18.12.2025
2 330
Jorjina Rodrigez Ronaldu bilan ilk tuyg'ularini aytib berdi

Jorjina Rodrigez besh karra “Oltin to'p” sohibi Krishtianu Ronaldu bilan munosabatlari boshlanganda nimalarni his qilganini so'zlab berdi. Uning aytishicha, ilk kunlardanoq ular o'rtasida jismoniy tortishishdan ancha yuksak bo'lgan bog'liqlik paydo bo'lgan.
“Men taqdirimni oldindan ko'rganimni yoki o'n yildan keyin besh farzandimiz bo'lishini bilgandek ayta olmayman. Ammo ichimda tushuntirib bo'lmaydigan bir tuyg'u bor edi.
Go'yo nigohlarimiz uchrashishidan ham avval ruhlarimiz bir-biri bilan gaplashgandek bo'ldi. Mening ichimdagi nimadir undagi nimanidir tanidi.
O'sha zahoti bu rishta mutlaqo alohida va betakror ekanini angladim”, dedi Rodrigez ELLE nashriga. Krishtianu Ronaldu ayni paytda Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi sharafini himoya qiladi.
Jorjina Rodrigez, Krishtianu Ronaldu, Oltin to'p, Saudiya Arabistoni, An-Nasr klubi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fabio Kannavaro futboli haqida 5 mulohaza
Ronaldu va Jorjinaning to‘yi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi
Krishtianu Ronalduning va Jorjina Rodrigesning to‘yi 2026 yilda Portugalida o‘tadi
Ronaldu: «Men ham saudiyalikman, bu loyihaning bir qismiman»
Vin Dizel Krishtianu Ronaldu uchun “Forsaj”da rol yozilganini aytdi