12:19 / 17.12.2025
1 593

Fabio Kannavaro Luciano Spallettini sevimli murabbiyi deb atadi


Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Fabio Kannavaro 2025/2026 yilgi mavsumda Turinning "Yuventus" klubi A Seriya chempionligi uchun kurashdagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. Kannavaroning ta'kidlashicha, "Qari sinyora" hozir asosiy raqobatchilaridan ortda qolayotgan bo'lsa-da, skudetto uchun kurashdan voz kechmasligi kerak.

U jamoa bosh murabbiyi Luciano Spallettining ish uslubini alohida e'tirof etdi. "Luciano Spalletti menga doim o'z ishida yoqqan.

Bu murabbiydan, albatta, o'rganadigan jihatlar bor. U mening sevimli murabbiyim", deya Kannavaroning so'zlarini Tuttosport nashri keltirdi.

A Seriyaning 15-turidan keyin "Yuventus" 26 ochko jamg'argan va turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda. Spalletti shogirdlari peshqadam Milanning "Inter" jamoasidan yetti ochkoga ortda qolmoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing